Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti kitob fondini yangilash va boyitish bo‘yicha doimiy ish olib bormoqda. Shuning uchun uning axborot-resurs markazi har kuni yangi o‘quv qo‘llanmalari bilan to‘ldirilmoqda. Yaqinda universitetga "English as a Medium of instruction" loyihasi doirasida Britaniya Kengashi tomonidan ajratilgan yangi kitoblar kutubxonani yanada to‘ldirdi. Ular jurnalistika sohasini chuqur o‘rganish, tahlil qilish va bevosita undan to‘g‘ri foydalanish uchun mo‘ljallangan.
"English for academics, intercultural communication, multimedia journalism, social media campaigns, understanding new media" - bu kitoblar professor-o‘qituvchilar va talabalarda dunyoqarashni kengaytirish va zarur ko'nikmalarni takomillashtirishga yordam beradi.
Bu faqat boshlanishi, oldinda juda ko‘p yoqimli sovg‘alar kutmoqda. Bizni ijtimoiy tarmoqlarda, shuningdek, O‘zJOKUning rasmiy saytida kuzatib boring: http://www.uzjoku.uz