08.10.2019 3643

Innovatsiyalar menejmenti: rejalashtirish va strategiya

 Kecha O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga O'zbekiston Yoshlar Umumjahon Assotsiatsiyasining raisi Murodilla Alimbaev tashrif buyurdi va "Innovatsiyalar menejmenti: rejalashtirish va strategiya" mavzusida ma'ruza o'tkazdi.

 Ta'kidlash joizki, Murodilla Alimbaev Ispaniya-o'zbek-rus "O'zbekiston-Ispaniya: iqtisodiy aloqalar va turizm" lug'atining va "Kichik korxonalarni boshqarishning innovatsion usullari" ilmiy maqolalarning muallifi hisoblanadi.

 Universitet talabalari qiziqarli bo'lgan maruzadan mamnun bo'lib, o'z bilimlarini yanada mustahkamlashdi. Shubhasiz, bu kabi spikerlarning taqdimotlari talabalarimizni yangi marralarni zabt etishga ilhomlantiradi!

 

Muallif: Rushana Aliakbarova

Fotograf: Doniyor Shog'ulomov

Bo'lishmoq: