Biz "rahbar" so'zini eshitganimizda, ko'pincha qattiq, qiyin fe'l-atvorli odamni tasavvur qilamiz. Ammo har doim ham bunaqa emas. ko'pincha bu unchalik emas. Va birdaniga sevimli "Inson bo'lish oson, insofli bo'lish qiyin" ibora xayolga keladi.
Ana shunday hurmatga sazovori insonlardan biri Sherzodxon Tojiddinovichdir. Navbatdagi talabalar ishtirokida bo'lgan ochiq muloqot interaktiv tarzda bo'lib o'tdi.
"O'zbekistonning aholisi qancha? Mamlakatimizning tashqi ishlar vaziri kim? Mamlakat aholisining necha foizini yoshlar tashkil etadi?" Suhbat davomida shunga o'xshash savollar muhokama qilindi.
"Universitet bu kollej yoki litsey emas. Universitet professorlari shunchaki to'g'ri yo'l ko'rsatishadi, ammo boshqa hamma narsa talabaning o'ziga bog'lidir", - dedi Sherzodxon Tojiddinovich. - Inson yanda yaxshi tomonga o'zgarishga, o'z ustida ishlashga harakat qilishi lozim. Hammamizni yaxshi yashagimiz keladi. Keling, shunaqa ekan, mehnat qilaylik kamroq uxlab. Menga Mahatma Gandining so'zlari juda yoqadi: "Agar siz dunyoni o'zgartirmoqchi bo'lsangiz, o'zingizdan boshlang."
Darhaqiqat, ko'pincha biz biror narsadan shikoyat qilamiz, lekin agar biz chin yurakdan nimanidir o'zgartirmoqchi bo'lsak, unda o'zimiz birinchi qadamlarni qo'yishimiz kerak bo'ladi.
Bizning universitetimiz talabalari haqiqatan ham omadli, chunki hamma joyda ham rektor bilan to'g'ridan-to'g'ri aloqa qilish imkoniyati mavjud emas.
Shuningdek, jurnalistni har tomonlama rivojlangan bo'lishi: ya'ni, u ham siyosatni, ham iqtisodiyotni, madaniyatu-ma'rifatni tushunishi zarurligi ta'kidlandi.
Sherzodxon Tojddinovich talabalar uchun ko'pgina kerakli va foydali kitoblarni tavsiya qildi.
Xo'sh, do'stlar, keling, bilimlarni birgalikda olaylik va erishganlarimiz bilan to'xtab qolmaylik. Birgalikda biz kuchliroqmiz!
Muallif: Rushana Aliakbarova
Fotograf: MaxSher