Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti tomonidan Adiblar xiyobonida Ozod Sharafiddinov ijodiga bag‘ishlangan navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Bugungi marosim boshqalariga o‘xshamagan holda tashkil etildi.
Tadbirining o‘zgachaligi shundaki, xiyobonga adibga eng yaqin bo‘lgan insonlar, adibning darsini olgan shogirdlari, xalqimiz suygan siyosiy sharhlovchi va latofatda tenggi yo'q jurnalistlar mehmon sifatida taklif etildi. Siyosiy sharhlovchi Qobilbek Karimbekov hamda jurnalistlar Muhabbat Hamroyeva va Nilyufar Umrzoqovalarning adib haqida aytib berganlari hammada iliq taassurot uyg‘otdi.
Qobilbek Karimbekov Ozod Sharafiddinovni o‘zbek tilining himoyachisi sifatida qilgan ishlari, nutqlari, kitoblari, maqolalari haqida gapirib bergan bo‘lsa, Muhabbat Hamroyeva adibni ustoz sifatida ularga qilgan yaxshiliklarini, ularga bergan ham hayotiy, ham ishdagi ta’limi to‘g‘risida hikoya qildi.