05.02.2019 2178

Islom Karimov tavalludi keng nishonlandi!

  Vatan muqaddas. Unga xizmat qilish esa eng oliy burchdir. Inson zaminga qadam qo’yganidan boshlab shu tuproq uni kaftida avaylab voyaga yetkazadi,  unga behisob ehsonlar hadya etadi. Shunday insonlar borki, ular ham o’zining butun  umrini yurt ravnaqi, taraqqiyoti, xalq istiqboli uchun sarf etadilar. Bunga tarixi azal ham bir necha marotaba guvohlik berishi mumkin. Mana shunday insonlardan biri, shubhasiz, O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti Islom Abdug’aniyevich Karimovdir.

  Islom Karimov o’z faoliyatini to’laligicha mana shu zaminning taraqqiyoti, rivoji uchun bag’shladilar. Ular shu qadar jur’atli shaxs ediki, bu hislatni ko’pchilikka o’rnak qilib ko’rsatishga arziydi.  Yigirma besh yil, shuncha vaqt davomida bizning ga’m-tashvishlarimiz bilan yashadilar, bizni farovon hayotimiz uchun qayg’urdilar. Va bizning xotiramizda, xalq xotirasida o’chmas yorqin iz qoldirib ketdilar.

  Vafotlaridan so’ng  ko’p bora bu insonni yod etib tadbirlar o’tkazilib kelinmoqda. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev qarorlariga ko’ra 80 yillik tavallud ayyomi yurtimiz bo’ylab keng nishonlandi. Toshkent, Samarqand, Qarshi shaharlarida ajoyib haykallari qad ko’tardi. Ko’plab davlat muassasalari u insonni nomi bilan nomlandi. Bu yil ham Islom Karimovning 81 yoshini respublikamiz bo’ylab keng nishonlandi.

  1-fevral kuni u inson faoliyat yuritgan Oqsaroy qarorgohida Milliy tiklanish partiyasi, Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy majmua va Islom Karimov  nomidagi respublika xayriya jamoat fondi tomonidan  “Islom Karimov – mustaqil davlat asoschisi, bosh me’mori” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

  Tadbir pariya va jamoat faollari tomonidan Prezident haykali poyiga gul qo’yish marosimi bilan boshlandi. Bu tadbirda mening ham ishtirok etishim, albatta, hayotimda o’zgarmas xotiraga aylandi.

  Davra suhbatini kuzatib borar ekanman, qandaydir anglab bolmas hisyotlar qurshovida edim. Dastavval so’zgaIislom Karimov turmush o’rtog’i Tatyana Karimova chiqdilar. U kishining prezident to’g’risidagi so’zlari, qarshimizda yana bir bor Islom Karimovni gavdalantirdi. Tatyana Karimova o’z so’zining oxirida: “ Men bunga ishonaman, Prezident vafot etgani yo’q. Ular tirik. Ular sizning kulgingiz, quvonchingiz, har bir muvaffaqiyatingizda barhayotdir,” – deb o’z so’zini yakunladilar. Haqiqatdan ham shunday. Yurt otasi o’z izdoshlarining har bir yutug’ida o’z o’rnini qoldirib ketdi.

  Suhbatning davomida so’zga Oliy Majlis Qonunchilik Palatasi Spikeri o’rinbosari Sarvar Otamuratov,  taniqli davlat arbobi Ibrohim G’afurov, majmua rahbari Temur Shirinov chiqdilar. Ular ham o’z so’zlarida  Prezidentimizning faoliyati to’grisidagi o’z xotiralarini o’rtoqlashdilar.Shuncha katta insonlar orasida menga ham so’z berilishi, bu ulkan darajadagi e’tirof edi. Oddiygina talabaning birinchi prezident haqidagi fikrini shunday yuqori auditoriya eshitishi – bu haqiqatdan men uchun katta yutuq bo’ldi. Davra ishtirokchilariga aynan 2016-yilda yozilgan “ Birinchi yurtboshim” nomli she’rimni o’qib berdim. Va o’ylaymanki, bu ularda yaxshi tassurot qoldira oldi. Shundan so’ng esa yurtning birinchi otasi haqidagi videofilm namoyish etildi. Unda xalqimizning Islom Karimovga bo’lgan cheksiz muhabbati aks etgandi. Nihoyat davra suhbati o’z yakuniga yetdi.

  Suhbat oxirida Tatyana Karimova tomonidan Islom Karimov hayotiga oid albom, kitob, videotasmalar sovg’a sifatida mehmonlarga taqdim qilindi. Xususan, menga ham. Shunda bu sovg’ani, albatta, talaba do’stlarim bilan birgalikda foydalanaman degan fikr hayolimdan o’tdi. Va asta universitetim tomon yo’l oldim. Bunday insonlarning hayot yo’lini nafaqat bilishimiz, balki o’rnak olishimiz ham zarur. Agar kimda kim Islom Karimov hayotiga va faoliyatiga qiziqadigan bo’lsa, universitet kutubxonasidan ushu kitoblarni olishi mumkin bo’ladi.

Asliddin Sabriddinov

Bo'lishmoq: