18.02.2023 172

Istanbul shahrida VIII Yevrosiyo oliy ta’lim sammiti (EURIE)

Turkiyaning Toshkentdagi elchixonasi joriy yilning 1-3-mart kunlari Yevrosiyo universitetlar ittifoqi tomonidan Istanbul shahrida VIII Yevrosiyo oliy ta’lim sammiti (EURIE) o‘tkazilishini ma’lum qilgan. Har yili tashkil qilinadigan ushbu sammitda ta’lim muassasalari, universitet va turli tashkilotlardan 2500 dan ortiq soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirok etib kelmoqdalar. Forumning asosiy maqsadi Yevrosiyo mintaqasida oliy ta’limni rivojlantirish va mavjud muammolarga yechim topishdan iborat. Ushbu tadbirda O‘zbekistondan tegishli soha vakillari, oliy ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan professor-o‘qituvchilar, soha mas’ullari hamda ma’muriyat vakillari (rektorlardan tashqari) qatnashishlari mumkin.

 Shuningdek, sammit jarayonida Turkiya bilan oliy ta’lim sohasida hamkorlikni yanada rivojlantirish, aniq natijalarga yo‘naltirilgan turli loyihalar hamda Turkiya ta’lim grantlarini O‘zbekistonga jalb qilish masalalari muhokama qilinishini ko‘zda tutilgan.

Mazkur xalqaro sammit to‘g‘risida www.eurieeducationsummit.com sayti orqali ham qo‘shimcha ma’lumot olishingiz mumkin.

Biriktirilgan faylni yuklab olish

 

Bo'lishmoq: