01.03.2024 304

"Iste’dod - Xalq mulki" - Ozod Sharafiddinov

Bugun Poytaxtimizda joylashgan Adiblar xiyobonidagi O‘zbekiston Qahramoni Ozod Sharafiddinov haykali poyida adabiyot ahli va talaba-yoshlar jam bo‘lishdi.

Universiteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilar va talabalar "Adiblar xiyoboni"dagi yodgorlik oldiga borib adib haykali poyiga gul qo‘yib, uni yaxshi xotiralar bilan eslab o‘tdilar. Tadbirda Yozuvchilar uyushmasi va Ozod Sharofiddinovning oila a'zolarini ishtirok etdi.

Ozod Sharafiddinovning o‘g‘li Alisher Sharafiddinov nutqini shu so‘zlar bilan boshladi: “Haqiqatan ham, Qahramonning o‘g‘li bo‘lish qiyin edi. Men har doim katta ma’suliyatni his qilar edim. Shu bilan birga, bu ajoyib g‘urur.

Sherzodxon Qudratxo'ja olimning oilasiga tashrifi davomida va xotiralari bilan o‘rtoqlashgani uchun minnatdorchilik bildirdi. Bundan 3-yil avval O'zJOKUda Ozod Sharafiddinov nomidagi stipendiya ta'sis qilinayotganini eslatib o'tdi.

Shundan so'ng adib nomidagi maxsus stipendiya g'oliblari taqdirlandi. O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi toifalangan qo‘riqlash vazirligi tomonidan Jadidlar timsoli Barhayot sahna ko’rinishi ijro etildi.

Foto: Oqil Gulyamov

Bo'lishmoq: