O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “Jamiyatda gender tenglik, xotin-qizlar huquqini himoya qilish” mavzusida talaba qizlar bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Uchrashuvda falsafa fanlari doktori, professor, xalqaro toifadagi spiker Jamila Shermuhammedova, Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha katta inspektor Marhamat Pirmatova qatnashdilar.
Jamila Shermuxammedovaning jamiyatda ayollarning tutgan o‘rni, oila totuvligi, qizlarning kasb tanlash, ilmiy salohiyatga ega bo‘lishi haqidagi fikrlari talaba qizlar uchun haqiqiy hayotiy mahorat darsi bo‘ldi.
Mehmonlar bilan bu kabi suhbatlarni universitetda tez-tez o‘tkazib turishga kelishib olindi.