30.01.2023 312

Joriy yil hisobidan dastlabki yig‘ilishlar bo‘lib o‘tdi

Xabar berganimizdek, bugun universitet Kengashining joriy yil hisobidan dastlabki yig'ilishi bo‘lib o‘tdi.

Kengash masalalari muhokamasi oldidan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining Davlat stipendiyalari sohibi bo‘lgan talabalari tantanali taqdirlandilar. Stipendiantlik guvohnomasi va esdalik sovg‘alarini universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja topshirdi.

Bundan tashqari Saida Ikramova, Perxan Allambergenova, Alijon Safarovga dotsentlik ilmiy unvonining attestati berildi. Latofat Toshmuhammedovaga “Turk dunyosi ta’lim fanlari va ijtimoiy fanlari 4-Xalqaro kongressi”da ishtirok etganligi uchun sertifikat va statuetka topshirildi.

Bo'lishmoq: