Bugun, 21-aprel kuni, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universitetida jurnalist, grafik dizayner Laziz Hamidov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Unda Laziz Hamidov bo‘lajak jurnalistlarga o‘zining “ULAR” — mualliflik loyihasi haqida gapirib berdi. Shuningdek, jurnalistik faoliyati va grafik dizayn sohasida olib borayotgan ishlari xususida fikrlarini bildirdi.
Muvaffaqiyatli intervyu tayyorlash haqida master-klass ko‘rinishida o‘tgan uchrashuvda jurnalistikaga endi kirib kelayotgan yoshlarga muhim va hayotiy maslahatlar berildi. Uchrashuv so‘ngida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.