22.04.2021 130

Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlandi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 10.00.09 – Jurnalistika ixtisosligi boyicha mustaqil izlanuvchilikka qabul boshlandi

Hujjatlar 2021-yil 15-aprelidan 15-mayga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-yilda qabul qilinadigan mustaqil izlanuvchilikka to‘g‘risidagi maʼlumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi

 

Hurmatli mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini taʼminlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarori bajarilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligining 2021-yil 15-apreldagi 03-09/2257-son xatiga muvofiq, mustaqil izlanuvchilikka talabgorlar joriy yilning 15-aprelidan 15-mayga qadar Innovatsion rivojlanish vazirligining yagona elektron tizimi (www. phd.mininnovation.uz) orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkinligini maʼlum qilamiz.

 

MUSTАQIL IZLАNUVCHILIKKА QАBUL QILISH TАLАBLАRI

FАLSАFА DOKTORI (PHD) TАLАBGORLАRIGА QO‘YILАDIGАN TАLАBLАR

- falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun magistr darajasiga, oliy maʼlumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;
- dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan - - - kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan maʼruza tezislariga ega bo‘
- Mustaqil izlanuvchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:
- ariza;
- qisqacha biografik maʼlumotnoma;
- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);
- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;
- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

 

FАN DOKTORI (DSC) TАLАBGORLАRIGА QO‘YILАDIGАN TАLАBLАR

- Fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) yoki unga tenglashtirilgan xorijiy mamlakatlarda olingan ilmiy darajalar;

- fan nomzodi yoki falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishish, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqolaga hamda ilmiy-amaliy konferentsiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lish lozim.

Fan doktori (DSc) mustaqil izlanuvchilikka oqishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar:

- ariza;

- qisqacha biografik maʼlumotnoma;

- mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

- oliy taʼlim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy maʼlumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

- nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Bo'lishmoq: