18.01.2021 1555

Jurnalistika ixtisosligi bo‘yicha mustaqil tadqiqotchilikka qabul boshlandi

Hujjatlar 2021-yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-yilda  qabul qilinadigan mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi.Hujjatlar 2021-yil 15-yanvardan 15-fevralga qadar O‘zbekiston Respublikasi bo‘yicha 2021-yilda  qabul qilinadigan mustaqil tadqiqotchilar to‘g‘risidagi ma’lumotlar https://mininnovation.uz/uz/doctorate bazasida onlayn qabul qilinadi.


Hurmatli mustaqil tadqiqotchilikka talabgorlar! O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 6-noyabrdagi “Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash jarayonlarining shaffofligini ta’minlash va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 696-son qarori bajarilishi munosabati bilan mustaqil tadqiqotchilikka 2021-yilning 15-fevralgacha phd.mininnovation.uz sayti orqali ro‘yxatdan o‘tishingiz mumkinligini ma’lum qilamiz.


Mustaqil tadqiqotchilikka qabul qilish talablari:

• magistr darajasiga, oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) ega bo‘lganlar;

• falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy natijalar, shu jumladan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida bitta maqola hamda tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha ikkitadan kam bo‘lmagan ilmiy ishlar to‘plamlariga kiritilgan ma’ruza tezislariga ega bo‘lganlar.

• Mustaqil tadqiqotchilikka o‘qishga talabgorlar quyidagi xujjatlarni taqdim etadilar;

• ariza;

• qisqacha biografik ma’lumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

• oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi, oliy ma’lumot (mutaxassislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Bo'lishmoq: