27 noyabr kuni O‘zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga Amerika Qo‘shma Shtatlari elchixonasidan madaniyat va ta‘lim bo'yicha maslahatchi Joanne Kramb, axborot va media bo‘yicha maslahatchi Syuzanna Feruz Akobirov hamda Jamoatchilik bilan aloqalar bo Woods, ELP koordinatori yicha yordamchi Saida Choriyeva tashrif buyurishdi.
Tashrifdan ko‘zlangan asosiy maqsad AQShda faoliyat yuritayotgan jurnalistika, media, kommunikatsiya fakultetlari bilan aloqa o‘rnatib o‘zaro talaba almashish tizimini yo‘lga qo'yishdir.
Uchrashuv davomida Stenford bilan hamkorlik o‘rnatish, Fulbright va ELP programmalari orqali mutaxassislarni universitetga jalb qilish masalalari muhokama qilindi.
Ta‘kidlash joizki, Amerika delegatsiyasi takliflarimizni qabul qildi va endilikda O‘zbekiston jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti AQSh bilan hamkorlik qiladi.
Uchrashuv davomida mehmonlar universitetimizga turli xil badiiy, tahliliy kitoblar hadya qilishdi.