O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida “Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumki, Oliy ta’lim, fan va innovasiyalar vazirining 2023-yil 9-iyundagi “Oliy ta’limning me’yoriy-uslubiy hujjatlarini ishlab chiqish jarayonini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-sonli buyrug‘i chiqarilgan edi. Muvofiqlashtiruvchi soha kengashlari to‘g‘risida namunaviy nizom asosida “Jurnalistika va axborot” ta’lim sohasi bo‘yicha Muvofiqlashtiruvchi soha kengashining nizomi, ish tartibi va reglamenti ishlab chiqildi. Me’yoriy-uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, belgilangan tartibda tasdiqlash va 2023/2024-o‘quv yilidan boshlab ta’lim jarayoniga tatbiq etish ham bugungi yig‘ilishning asosiy maqsadi etib belgilandi.