21.12.2022 1041

Jurnalistika va televideniye afsonalari yig‘ilgan nuqta

Bugun faollar zalida MTRK tarixi va bugunigi oid kitoblar taqdimoti o‘tkazilindi.

“O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi: zamon bilan hamqadam”, “Televideniye mening taqdirimda” hamda “Radio va televideniye” kitoblar taqdimoti bo'ldi. Taqdimot qatnashchilarining aytishlaricha ushbu kitoblarda Toshkentda televizorning ixtiro qilinishidan tortib, ilk teledasturlar, ilk jurnalist va rejissyor, tasvirchilar faoliyati, shuningdek, telejurnalistik janrlar tasnifi hamda tadriji aks ettirilgan ekan.

Televideniye sohasiga qadam qo‘yayotgan yoshlar uchun sohaga tegishli uchlikdan Universitet kutubxonasiga  har biridan umumiy 90 ta kitob beminnat sovg‘a qilindi.

Bo'lishmoq: