O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy komunikatsiyalar universitetida jurnalistika sohasiga va blogerlikka qiziquvchi, jurnalist va bloger bo‘moqchi bo‘lgan yoshlar uchun seminar-trening tashkil etildi.
Yunusobod tuman hokimligi, Yoshlar ishlari agentligi va O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Yunusobod tuman Kengashi tashabbusi bilan tumanda mavjud maktablarning jurnalistika sohasiga qizuquvchi o‘quvchilari ishtirokida o‘tgan seminar-treningda yoshlar jurnalistika o'zi nima, nega uni to‘rttinchi hokimiyat deb atashadi, pandemiya davrida jurnalistika roli qanchalik oshdi singari savollarga javob olishdi.
Qolaversa, o‘quvchilar e’tiboriga O‘zJOKUning maxsus roliklari taqdim etildi. Universitetga kelgan yoshlar jurnalistlarning kasb etikasi, ularning huquq va majburiyatlari to‘g‘risida birlamchi ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.
O‘quvchilar universitet bilan yaqindan tanishib, soha mutaxassislaridan o‘z savollariga javob olishdi.