“Yashil makon” umummilliy loyihasi barcha jurnalistlarni bir manzilda birlashtirdi. “Jurnalistlar bog‘i” nomi bilan obod bo‘layotgan yana bir manzilda ommaviy axborot vositalari vakillari, davlat va nodavlat teleradiokanallar, shu jumladan, veb-saytlar, blogerlar ishtirok etishdi.
Samimiy ruhda boshlangan aksiyada ishtirokchilar tomonidan ko‘kalamzorlashtirish uchun mo‘ljallangan 6,8 gektar yer maydoni tekislanib, shudgor qilinib, mineral va organik o‘g‘itlar bilan oziqlantirilib, hududning iqlim sharoiti va yer unumdorligidan kelib chiqib, pavloniy, bagryanik, yasin, safora nomli jami 6 ming 400 tup daraxt ko‘chatlari ekilib, savobli ishga o‘z hissalarini qo‘shishdi.