08.11.2019 3360

Jurnalistlika universiteti talabalari saylovga tayyor

Saylov demokratik davlatning ajralmas belgisidir. U mamlakatda amalga oshirilayotgan demokratik islohotlarni amalga oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

"Saylov targ'iboti" oyligi doirasida Markaziy saylov komissiyasining xalqaro matbuot markazida O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti talabalarining xalqaro press-klub raisi, Markaziy saylov komissiyasi a'zosi Sherzodxon Qudratxo'jayev, xalqaro press-klub bosh prodyuseri G'ulomjon Samadov hamda xalqaro matbuot markazi rahbari Jaloliddin Usmonov bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Uchrashuvning ma'ruzachilari ta'kidlaganidek, kelgusi saylovlar butunlay boshqacha tarzda o'tkaziladi: biz, yushlar, saylov jarayonini kuzatib borib va unda ishtirok etib buning guvohi bo'lishimiz mumkin.

- Saylovda ommaviy axborot vositalari vakillarining o'rni katta. Saylovda fuqarolarning faolligini oshirish - bizning bosh vazifamiz. Buning uchun biz kreativ bo'limish lozim. Masalan, so'rovlar uyushtirish, saylovni boshqa nigohdan yoritishimiz kerak, - dedi Sherzodxon Qudratxo'jayev.

Jaloliddin Usmonovning so'zlariga ko'ra, saylov jarayonlari Xalqaro matbuot markazi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarga keng targ'ib etilmoqda. Ta'kidlab o'tmishimiz joizki, Facebook, Instagram, Facebook, Twitter kabi ijtimoiy tarmoqlarda xalqaro matbuot markazi o'z faoliyatini yuritib bormoqda.

Bundan tashqari, shu kuni O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitet magistraturasining 2-kurs talabasi, Yulduz O'rmonovaga Prezident stipendiyasining sovrindori bo'lgani munosabati bilan tantanali ravishda sertifikat bilan taqdirlandi. Iqtidorli talabalar soni yildan-yilga oshib borayotgani quvonarlidir. Shuningdek, harbiy jurnalistika kurslarini tamomlagan harbiy xizmatchilarga maxsus diplomlar topshirildi.

E'tiboringizga qiziqarli tadbirdan fotolavhani taqdim etamiz! Marhamat

O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti matbuot xizmati rahbari

Bo'lishmoq: