17.02.2022 1301

Karima Rizayeva O‘zJOKUda

Bugun O‘zJOKUda “Mening yurtim” telekanali bosh prodyusseri Karima Rizayeva mehmon bo‘ldi. Karima Rizayeva xorijda media menejment va kommunikatsiyalar yo‘nalishida tahsil olgan bo‘lib, hozirgacha bir necha telekanallar bilan hamkorlikda ko‘plab loyihalarga prodyusserlik qilgan.

Mehmon universitetning “Red 7” qavatida talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazib, prodyusserlik faoliyati hamda xorijda jurnalistika sohasi bo‘yich ta’lim tizimi, media olamidagi yangiliklar va tez orada ekranga chiqishi rejalashtirilayotgan filmi haqidagi ko‘plab qiziqarli savollarga javob berdi.

Uchrashuvga universitet talabalarining jonli ijrodagi kuy-qo‘shiqlari yanada o‘zgacha ruh berdi.

Bo'lishmoq: