02.03.2022 412

Kechagi kundan lavhalar

1-mart bahor faslining ilk kuni bo‘libgina qolmay, atoqli adib Ozod Sharofiddinov hamda taniqli shoira Zulfiyaxonim tavvallud topgan kundir. Shu munosabat bilan kechagi kun O‘zJOKU talabalari uchun alohida ahamiyatli bo‘ldi.

Kunning birinchi yarmida adabiyotshunos olim, adabiy tanqidchi Ozod Sharafiddinovning tavvallud kuni munosabati bilan “Adiblar hiyoboni”da uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda O‘zJOKU talabalari va adibning oila a’zolari ishtirok etdilar.

Kun yakunida esa Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti tomonidan Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan she’riy kecha tashkil etildi. Unda nafaqat Zulfiya she’rlari, balki zamonaviy she’riyat vakillarining ham ijodiy ishlari taqdimoti boʻldi.

Bo'lishmoq: