Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida Yunusobod tumani “Matonat” mahallasining internet jurnalistika sohasiga qiziquvchi yoshlari mehmon bo‘lishdi. “Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar” fakultetiga biriktirilgan ushbu mahalla yoshlariga universitet mutaxassislari tomonidan axborot texnologiyalari bo‘yicha ko‘plab tushuntirishlar berilib, soha bo‘yicha qiziqarli mashg‘ulotlar o‘tkazildi.