16.11.2022 629

“Kommunikatsion menejment va Digital-PR texnologiyalari: muammolar hamda zamonaviy media muhitda rivojlanish istiqbollari” mavzuidagi xalqaro anjuman

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikasiyalar universiteti “Jamoatchilik bilan aloqalar” kafedrasi tomonidan 2022-yil 23-noyabr kuni “Kommunikatsion menejment va Digital-PR texnologiyalari: muammolar hamda zamonaviy media muhitda rivojlanish istiqbollari” mavzuidagi xalqaro anjuman o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Anjumanda olimlar, mutaxassislar, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchi va magistrlar, O‘zJOKU, O‘zMU, O‘zDJTU, QQDU hamda Toshkentdagi Webster universiteti kommunikatsiya, jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar yo‘nalishi talabalari, professor-o‘qituvchilari, shuningdek, xorijlik ekspertlar ishtirok etadilar.

Materiallar elektron to‘plam holida nashr etiladi.

Anjumanda maqola va tezislari bilan ishtirok etishni istovchilar quyida berilgan fayllar orqali batafsil ma’lumot olishlar mumkin.

Axborot xati 1

Axborot xati 2

Bo'lishmoq: