03.10.2019 3166

Konkursimiz g'olibi...

Ta'lim ko'rgazmasida davomida o'tkazilgan tanlovning shartlaridan biri - universitetimiz stendini oldida fotosuratni joylashtirish va 3 kun ichida ko'plab layklar to'plash. Tanlovda Toshkent iqtisodiyot va biznes kollejining 3-bosqich talabasi Sevara Mirzaraximova g'olib bo'ldi. Endi Sevara "Media Trend" 9 oylik tayyorgarlik kurslarida bepul o'qish imkoniyatiga ega.

G'olibning o'zi biz bilan taassurotlari bilan o'rtoqlashdi:

"27 sentabr kuni men do'stlarim bilan "Ta'lim va Kasb 2019" ko'rgazmasiga tashrif buyurdim va O'zJOKU stendida sur'atga tushdim. Keyin kichik tanlovlarda qatnashib, bloknot yutib oldim. So'ngra Instagram-da #uzjokuwin xashtagi bilan fotosuratimni joylashtirdim. Natijada men aktsiyani g'olibi bo'ldim!

Rostini aytsam, yutishni kutmagan edim. Sertifikatni topshirishgandan keyingina g'alabamga amin bo'ldim
Endi mening oldimda yangi maqsad bor - "Media Trend" da yaxshi o'qib, Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida talaba bo'lish!

Bo'lishmoq: