06.12.2022 926

“Konstitutsiya — bosh qomusimiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi

Bugun O‘zJOKUda O‘zbekiston Respublikasi Davlat Konstitutsiyaning 30 yilligi munosabati bilan “Konstitutsiya — bosh qomusimiz!” mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir avvalida universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxoʻja soʻzga chiqib, tadbir ishtirokchilari va talabalarni bayram bilan samimiy tabrikladi. Shuningdek, tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurorining o‘rinbosari Svetlana Ortiqova ham mehmon bo‘lib, so‘zga chiqdi.

Bayram dasturida O‘zbekiston Qahramoni Munojat Yo‘lchiyeva, O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Jenisbek Piyazovlar ishtirok etishdi.

Tadbir davomida universitetning joriy yilda tashkil etilgan, yangi Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakultetining ochilishi marosimi ham boʻlib oʻtdi.

Shuningdek, universitet jamoasi, professor-o‘qituvchilari va O‘zbekiston Milliy Media Assotsiatsiyasiga a’zo tele-radiokanallarda faoliyat yuritayotgan mutaxassislarga bayram munosabati bilan Prezidentimiz tomonidan ta’sis etilgan “O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni tantanali ravishda topshirildi.

Bundan tashqari, joriy yilning 25-noyabr kuni Tashqi ishlar vazirligi muassisligida tashkil etilgan “O‘zbekiston Yosh diplomatlari” klubiga a’zo talabalarga tashakkurnomalar taqdim etildi.

Milliy cholg‘ularimiz sadolari, jonli musiqa va qo‘shiqlar hamda talabalar tomonidan tayyorlangan badiiy chiqishlar tadbirga oʻzgacha kayfiyat bagʻishladi.

Bo'lishmoq: