18.11.2022 49

Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasining ta’lim markaziga tashrif

O‘zJOKU Xorijiy tillar kafedrasi tomonidan 2021-2022-o‘quv yilidan buyon koreys tili ikkinchi chet tili sifatida o‘qitib kelinmoqda.

Bugun Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Gulsanam Xasanova Koreya Respublikasining O‘zbekistondagi elchixonasi huzuridagi Koreya Respublikasining ta’lim markazida bo’lib, markaz direktori o‘rinbosari Janob Tyan Xyong Gi bilan uchrashdi.

Uchrashuvda shuningdek, Koreyalik mutaxassislar Djong Dje Von, Ten Tatyana, Kim Marinalar bilan kelajakdagi turli xil qo‘shma tadbirlar doirasida hamkorlik qilish, jumladan: pedagogik va ilmiy kadrlar almashinuvi, Koreyaning yetakchi universitetlarida ma’ruzalar, amaliy mashg‘ulotlar, seminar-treninglar va mahorat darslarini o‘tkazish, qo‘shma ilmiy-amaliy loyihalar, xalqaro konferensiyalar o‘tkazish, ilg‘or pedagogik tajriba hamda ilmiy-uslubiy adabiyotlar almashinuvi, universitet til markazi koreys tili auditoriyasi uchun o‘quv resurslari bilan ta’minlashda amaliy ko‘mak berish kabi masalalar yuzasidan muzokaralar olib borildi.

Kelajakda Xorijiy tillar kafedrasi va Koreya Respublikasining ta’lim markazi o‘rtasida ilm-fan, texnologiya va innovatsiya sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, professor-o‘qituvchi va talabalar almashinuvi, malaka oshirish dasturlari hamda ilmiy-tadqiqot yo‘nalishi bo‘yicha hamkorlikni amalga oshirish bo‘yicha memorandum tuzishga kelishib olindi.

Bo'lishmoq: