Xabaringiz bor kecha 30 – iyun “Yoshlar kuni” munosabati bilan O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda “PressPhoto.Uz” foto agentligi hamkorligida Toshkent fotochilar uyida universitet talabalarning foto ko‘rgazmasi tashkil etilgan edi.
Ko‘rgazmada talabalar, jurnalistika va fotojurnalistikaga qiziquvchi yoshlar, O‘zJOKU jamoasi va foto ixlosmandlari ishtirok etishdi. Namoyish etilgan foto ishlari yig‘ilganlarda katta qiziqish uyg‘otdi va bir olam ijobiy taassurotlar qoldirdi.
Ko‘rgazma yakunida o‘z ijodiy ishlari bilan ishtirok etgan yoshlar “PressPhoto.Uz” foto agentligi tomonidan sertifikat bilan taqirlandilar.