08.02.2024 764

Korrupsiya taraqqiyot kushandasi!

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27-noyabrdagi PF-200-son Farmoni bilan tasdiqlangan Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha 2023-2024 yillarga mo‘ljallangan davlat dasturining 25-bandida “Yoshlarda Korrupsiyaga nisbatan toqatsiz munosabatni shakllantirish” vazifasi belgilangan.

Mazkur band ijrosini ta’minlash maqsadida bugun O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunkatsiylar universitetida oliy taʼlim tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish boʻyicha tadbir boʻlib oʻtdi.

Mehmonlar tomonidan korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlar, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qoʼyish, javobgarlikning muqarrarligi kabi jihatlar toʼgʼrisida ham yigʼilish ishtirokchilariga batafsil tushuntirib oʼtildi. Tugʼilishi mumkin boʼlgan savollar bilan universitetning korrupsiyaga qarshi kurash "Komplayens nazorat" boʼlimiga shaxsan yoki anonim murojaat etishlari mumkinligi uqtirildi.

Bo'lishmoq: