Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida ko‘zi ojiz abituriyentlar uchun imtihon bo‘lib o‘tdi. Ikki nafar abituriyent bakalavr bosqichiga o‘zbek tili va adabiyot hamda chet tili fanlaridan imtihon topshirgan bo‘lsa, yana ikki nafari magistratura yo‘nalishiga mutaxassislik va chet tili fanlaridan imtihon topshirishdi.
Komissiya raisi "O‘zbek tili va adabiyot" kafedrasi mudiri Tashmuhammedova Latofat Ismatovna bo‘ldi. Ko‘zi ojizlar jamiyati raisi Qurbonov Ozod Sayfiddinovich, ingliz va nemis tillari mutaxassislari va jurnalistika sohasidagi mutaxassislar ham komissiya a’zolari sifatida imtihon jarayonlarida ishtirok etishdi.