15.01.2020 1778

Kutilgan kasting bo‘lib o‘tdi!

15-yanvar kuni Zo‘rTv telekanali ijodkorlari boshlovchi va muxbirlar uchun kasting o‘tkazilishini e‘lon qilgan edi. “Aldama meni”, “Hafa bo‘lish yo‘q” “Dugonalar” ko‘rsatuvi boshlovchilari, “Dizayn” jamoasi a‘zolari, operatorlar, rejissor va prodyuserlar bugun kasting o‘tkazish uchun universitetga kelishdi. 200 nafarga yaqin talaba kastingda ishtirok etish uchun navbatda turdi. Ular o‘zlari haqidagi ma’lumotni navbatma navbat mehmonlarga taqdim etishdi. Boshlovchi va muxbir sifatida professional kamera oldida o‘zlarini sinab ko’rishdi. Ba’zi talabalar informatsion yo‘nalishda, boshqasi ko‘ngilochar dasturlarning boshlovchisi sifatida namoyon bo‘ldi. Talabalarda ozgina qo‘rquv va hadik bo‘ldi ammo ular o‘zlaridagi kamchilkni mana shu kasting orqali bilib olishdi.
Shuningdek, 1 oylik sinov muddatiga “Zo‘r Tasvir” gazetasiga dizayner, muxbir, fotograf sifatida talabalar orasidan saralab olishdi.
Kasting qiziqarli jarayonlarga boy bo‘lgani bilan esda qoldi.

Bo'lishmoq: