13.03.2023 219

Latviya hukumati tanlovi

Latviyaning O‘zbekistondagi elchixonasining ma’lumotiga ko‘ra, 2023-2024-o‘quv yilida Latviya hukumati tomonidan mazkur davlat ta’lim muassasalarida tahsil olish, ilmiy tadqiqotlar olib borish va yozgi lagerda ishtirok etish stipendiya tanlovini e’lon qiladi. Latviya tomonining ma’lumotiga ko‘ra, nomzodlar respublika OTMlari o‘qituvchilari, ilmiy xodimlari, doktorantlari, magistrantlari, talabalari qatoridan bo‘lishlari va muayyan talablarga javob berishlari lozim hamda ular hujjatlar natijalari asosida tanlab olinadilar. Ushbu tanlovda (bakalavriyat, magistratura, doktorantura, yozgi lager) ishtirok etish istagida bo‘lgan nomzodlar arizalar va barcha zarur hujjatlarni ilova qilingan holda, 2023-yil 1-aprelga qadar on-line tarzda taqdim etishlari kerak.

Hujjatlarga ularning ingliz yoki latish tillariga notarial tasdiqlangan tarjimasi ilova qilinishi kerak.

Shuningdek, mazkur stipendiya tanlovi to‘g‘risidagi batafsil ma’lumot, shartlari va zarur hujjatlar ro‘yxati bilan Latviya Respublikasi Ta’limni rivojlantirish bo‘yicha davlat agentligining

www.viaa.gov.lv/en/latvian-state-scholarships

www.viaa.gov.lv/en/summer-schools

www.viaa.gov.lv/en/studies

veb-sahifalaridan batafsil tanishib chiqishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: