17.11.2021 446

Laziz Adhamov O‘zJOKUda mehmon bo‘ldi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida kecha IT sohasi mutaxassisi, “Book cafe” asoschisi Laziz Adhamov ishtirokida yosh jurnalist marketologlarga masterklass tashkil etildi.

Mehmon talabalarga o‘zining soha bo‘yicha tajribasi, xato va yutuqlari haqida motivatsion voqealarni so‘zlab berdi.

Talabalarning ko‘plab savollariga javob bergan Laziz Adhamov, o‘zingizni 10 yildan so‘ng qanday tasavvur etasiz degan savolga: “Men o‘zimni 10 yildan so‘ng yo matematika yo informatika o‘qituvchisi sifatida tasavvur etaman” deya javob berdi.

Mehmonning motivatsiyaga to‘la fikrlari talabalar uchun hayot yo‘llarida biror muhim qadam bosishlarida katta dastur bo‘lib xizmat qilishiga ishonamiz.

Bo'lishmoq: