13.11.2021 1641

Litva Sport Universiteti bilan malaka almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi!

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 11-noyabr kuni Litva Sport universiteti Litva sport universitetining bosh yuridik maslahatchisi Saulius Valasevucius va Litvaning Shaulyai viloyati rivojlantirish bo‘yicha direktori Valerius Simulik mehmon bo‘ldilar.

Mehmonlar universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja bilan uchrashib, sport jurnalistikasi bo‘yicha talaba va professor-o‘qituvchilar orasida malaka almashish dasturi bo‘yicha muzokalar olib borib, yaqin kunlarda bir necha talaba va ustozlarning Litva Davlatiga malaka almashinuv dasturi bo‘yicha yuborilishga kelishib oldilar.

Ikki universitet vakillari orasida kelishuv amalga oshirilib, kelgusidagi istiqbolli rejalar bo‘yicha ham masalalar ko‘rib chiqildi.

Bo'lishmoq: