20.02.2019 1222

Lorenso Natali mukofoti uchun hoziroq ariza bering!

Yevropa komissiyasining rivojlanish sohasidagi mashhur jurnalistika  Lorenso Natali Media mukofoti uchun tanlov e'lon qiladi!!!
Yevropa komissiyasining OAV sohasida Lorenso Natali nomidagi mukofoti kambag‘allikka barham berish, shuningdek, barqaror rivojlanishning iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik aspektlari kabi rivojlantirish masalalari bo‘yicha mashhur reportajlari uchun jurnalistlarga minnatdorchilik izhori sifatida beriladi. 

18-fevraldan 14-aprelga qadar onlayn, nashriy va audiovizual ishlar uchun ariza topshirilishi veb-sayt (https://form.jotformeu.com/90293207449359) orqali ochiq bo‘ladi.
Har bir toifadagi g‘olib € 10.000 oladi. «Eng yaxshi yosh jurnalist» toifasi g‘olibiga media-partnyor bilan ishlash tajribasi ham taklif etiladi.

Barcha g‘oliblar Yevropa kunlari vaqtida e’lon qilinadi va mukofotlar Bryusselda joriy yilning iyun oyiida taqdim etiladi.
Батафсил: https://bit.ly/2trPaYM

Bo'lishmoq: