Birlashgan Arab Amirliklarining Toshkentdagi Elchixonasi tomonidan Dubay shahrida 2023-yilning 13-15-yanvar kunlari boʻlib oʻtadigan Butunjahon Hukumatlar sammiti doirasida “M-Gov Award” hamda “GovTechAward” tanlovlari tashkil qilinayotgani maʼlum qilingan. Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar, tadqiqotchilar, davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni turli global muammolarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion yechimlar topishda ragʻbatlantirishdan iborat.
Ushbu tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad talaba-yoshlar, tadqiqotchilar, davlat muassasalari va xususiy kompaniyalar faoliyatini qoʻllab-quvvatlash hamda ularni turli global muammolarga zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda innovatsion yechimlar topishda ragʻbatlantirishdan iborat.
Barcha loyihalar (yaʼni, mobil ilovalar) ishtirokchilarning oʻzlari tomonidan ishlab chiqilgan boʻlishi hamda ularning ishlash tartibi, afzalliklari va foydali jihatlari videoda tushuntirilgan holda topshirilishi zarur. Barcha loyihalar 2023-yil 10-yanvar 20:00 (GMT)ga qadar qabul qilinadi. Tanlov gʻoliblari (3 kishi) 2023-yil 13-15-yanvar kunlari Butunjahon Hukumatlar sammiti doirasida eʼlon qilinadi. Quyidagi veb-sahifa orqali tanlovga roʻyxatdan oʻtish hamda tanlov toʻgʻrisida toʻliq maʼlumot olish mumkin:
https://mgovaward.worldgovernmentsummit.org/