04.08.2021 524

Magistr diplomlari topshirildi

Yodingizda bo‘lsa, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bu yil ilk xorijiy talaba magistrlik dissertatsiyasini himoya qilgani haqida avvalroq xabar bergan edik.
O‘zJOKUning ushbu birinchi Afg‘onistonlik magistri Naqibulla Osmaniga kuni kecha universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja magistrlik diplomini topshirdi.

Naqibullo Osmani endi o‘z faoliyatini 300 nafar talabaga ega bo‘lgan Afg‘oniston Respublikasidagi Foriyob davlat universitetining jurnalistika fakultetida o‘qituvchi sifatida davom ettiradi.

Universitetimiz magistri Afg‘onistonlik talabalarga mamlakatimiz jurnalistlari va universitetimiz professor-o‘qituvchilaridan olgan amaliy va nazariy bilimlarini bevosita o‘rgatishga hamda O‘zbekiston uchun ham soha bo‘yicha xizmatga doim tayyor ekanini izhor qildi.

Universitet jamoasi bitiruvchimizga kelasi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab qoladi!

Bo'lishmoq: