20.08.2021 565

Magistratura diplomlari o‘z egalariga topshirildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti bitiruvchilariga magistr diplomlari topshirildi. Tantanali marosimda universitet rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja so‘zga chiqib, bitiruvchi magistrlar eng o‘gir vaziyat – pandemiya sharoitida o‘qiganlari, shu bois talabalik davrida o‘qish va boshqa sohalarda ham oqsashlar bo‘lgani ammo bu muammolar bitiruvchilarning kelajakdagi katta rejalariga salbiy ta’sir etmasligi kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

“Magistratura bu tugallanmagan bakalavrning davomi emas, magistratura bu ilm yo‘lining boshlanishi, ilmga qo‘yilgan ilk katta qadam. Siz endi nafaqat sohaning amaliyotida balki nazariy tarafdan ham jurnalistikaga hissa qo‘shishingiz kerak.” deydi rektor.

Marosimda universitet professor-o‘qituvchilari bilan birgalikda bitiruvchilari ham so‘zga chiqib, universitetda yaratilgan sharoitlar va berilgan bilim hamda o‘gitlari uchun tashakkur bildirishdi.

Magistrlarga kelgusi faoliyatlarida katta muvaffaqqiyatlar tilagan holda, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja kelgusida universitet akademik faoliyatiga hissa qo‘shishni istovchi yoshlar uchun eshiklarimiz doimo ochiq ekanini aytib, xayrlashdilar!

Universitet professor-o‘qituvchilari va jamoasi nomidan bitiruvchi magistrlarimizga ish faoliyatlari va hayot yo‘llarida omadlar tilab qolamiz!

Bo'lishmoq: