26.07.2021 1471

Magistratura imtihonlari haqida

Magistratura bosqichiga hujjatlarini ro‘yxatdan o‘tkazgan talabgorlar diqqatiga!

Xabaringiz bor magistraturaga hujjatlar qabuli davom etmoqda va bu jarayonda eng ko‘p kelib tushayotgan savollar magistr imtihonlari haqida bo‘lmoqda. Shu bois bo‘lajak magistrlarimizga imtihonlar haqida tushuntirish berishni istadik.

Demak, magistrarura imtihonlarida umumiy 250 ball to‘planadi. Bunda imtihonlardan 150 ball va bakalavr diplomining bali (100 ballgacha) qo‘shiladi
Kirish imtihoni ikki bosqichda: Maxsus (ixtisoslik) fanlaridan hamda chet tilidan bo‘lib o‘tadi.
Maxsus (ixtisoslik) fanlaridan jami 100 ball, chet tilidan 50 ballgacha to‘plash mumkin.
Maxsus (ixtisoslik) fanlaridan imtihoni universitetning o‘zida, chet tilidan bo‘ladigan imtihon esa Davlat test markazi tomonidan belgilangan joyda bo‘lib o‘tadi.

Qo‘shimcha ma‘lumotlar uchun +998954755151 va +9989712070906 raqamlariga murojaat qilishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: