Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ixtisoslik fanlaridan yozma imtihon bo‘lib o‘tdi.
Imtihonda 254 nafar magistraturaga da’vogar ishtirok etdi. Jarayon karantin qoidalariga to‘liq rioya etilgan holda, ochiq osmon ostida bo‘lib otdi.
Imtihon natijalari bugun kun oxiriga qadar universitetning rasmiy saytida e’lon qilinadi.