16.01.2021 1159

“Mahmudxo‘ja Behbudiy va jadid matbuoti” mavzusida onlayn konferensiya

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti hamda Ilmiy tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash markazi (Research Support Center) hamkorligida Mahmudxo‘ja Behbudiy tavalludining 146-yilligi munosabati bilan “MAHMUDXO‘JA BEHBUDIY VA JADID MATBUOTI” mavzusida 2021-yil 19-yanvar kuni xalqaro miqyosida ilmiy retsenziyalangan onlayn-konferensiyaga taklif etamiz!

Onlayn-konferensiya 2021-yil, 19-yanvar kuni soat 14:00 da “Zoom” platformasida

https://us02web.zoom.us/j/81769385327 havolasi orqali o‘tkaziladi.

Konferentsiya to‘plamida nashr etilgan ilmiy tezislar GOOGLE SCHOLAR xalqaro bazasida indeksatsiyalanadi, har biriga alohida DOI raqam beriladi. Muallif va xammualliflarga alohida sertifikat yuboriladi.

Murojat uchun telefon: +998 33 230 00 33

Bo'lishmoq: