23.09.2020 969

Mahoratli suxandon xotirasi abadiy

Kecha Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist, mahoratli suxandon Shuhrat Qayumov olamdan oʻtdi. Shuhrat Qayumov 1969-yil 5-martda Qirgʻiziston Respublikasi Oʻsh shahrida tavallud topgan. 1991-yilda Oʻzbekiston davlat sanʼat institutini tamomlagan.

Shuhrat Qayumov Milliy teleradiokompaniya tizimida uzoq yillar suxandon sifatida ishladi. Shuningdek, xonanda sifatida ham muxlislar qalbidan joy oldi.

 

Oʻzbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti maʼmuriyati marhumning oila aʼzolariga sabr va hamdardlik bildiradi.

Bo'lishmoq: