20.03.2021 824

Maktab o‘quvchilari bilan navbatdagi hamkorlik uchrashuvi

Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoklar fakulteti dekani Gulnora Zokirova, Raqamli media va internet jurnalistika kafedrasi mudiri Shaxnoza Taylakova va mazkur kafedra o‘qituvchisi Dildora Rizayevalar kuni kecha Shayxontoxur tumanida joylashgan 180-A umumiy o‘rta ta’lim maktabida bo‘lishdi. Maktab o‘quvchilari bilan kelgusida  kasbga yo‘naltirish, kasb tanlash masalalarda suhbat olib borildi. Uchrashuv yakunida kafedra tomonidan bahorgi ta’tilni mazmunli tashkil etish uchun ko‘rsatmalar berildi hamda “Kelajakda men...” mavzusida insholar ko‘rik tanlovi e’lon qilindi.

Keyingi uchrashuvlarda tanlov g‘oliblari aniqlanib, e’lon qilinishi va taqdirlanishi ta’kidlandi.

Bo'lishmoq: