Markaziy bank Global Money Week (jahon pul haftaligi) doirasida yoshlar o‘rtasida videoroliklar yaratish bo‘yicha tanlov to‘g‘risida ma’lumot!
Kreativ va ixtirochi hamda ijodiy videolarni sur’atga olish va yaratishga qobiliyati va qiziqishi bor talabalar Markaziy bankning ijodiy tanlovida ishtirok etishlari mumkin.
Ishtirokchilarning vazifasi quyidagi mavzulardan birida qisqa videofilm yaratishdan iborat:
- "Bank kartasi qulay to‘lov vositasi"
- "Kredit tarixi nima?"
Video uchun quyidagi talablar:
Video tanlov mavzularidan biriga mos kelishi kerak;
Video tili - o‘zbek/rus tillari;
Davomiyligi: 1-1.5 daqiqa
Formati: AVI, MPEG-4, MP3
Tanlov uchun ishlar 2020-yil 16-martga qadar communication@cbu.uz va konkurs.cbu@gmail.com elektron manzillari orqali (xat mavzusida "Global Money Week Tanlovi" deb ko‘rsatilishi lozim) yoki shaxsan fleshka (disk)da taqdim etgan holda qabul qilinadi.
Tanlov ikki bosqichda ikki nominatsiya bo‘yicha o‘tkaziladi:
Tanlov natijalari 2020-yilning 23-martida Markaziy bankda jahon pul haftaligining ochilish marosimi doirasida e’lon qilinadi.
Tanlov g‘oliblari Markaziy bankning qimmatbaxo sovrinlariga ega bo‘ladilar:
1-o‘rin: noutbuk HP Pavilion
2-o‘rin: telefon Samsung S10
3-o‘rin: Markaziy bankdan esdalik sovg‘asi