03.06.2021 763

“Matonat” mahallasi O‘zJOKUda

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetiga biriktirilgan “Matonat” mahallasida yashovchi fuqarolar mehmon bo‘lib kelishdi. Ularni Internet jurnalistika va ijtimoiy tarmoqlar fakulteti dekani Gulnora Zakirova, Xalqaro jurnalistika va jamoatchilik bilan aloqalar fakulteti dekani Ravshan Rayimjonov, Jismoniy madaniyat o‘qituvchisi Akbar Tilovovlar kutib olishdi.

Mezbonlar mehmonlarni universitet hududida aylantirib barpo etilgan bog‘, zoo hudud, “Rektor asali”ni ishlab chiqaradigan asalari hududi, hovuzdagi akvarium bilan tanishtirdilar.

Ekskursiyadan so‘ng Universitet sport klubi qoshida tashkil etilgan shaxmat to‘garagida O‘zJOKU jamoasi hamda fuqarolar o‘zaro kuch sinashdi. To‘garakka jajji mehmonlar ham jalb etildi.

Bo'lishmoq: