26.10.2019 3903

Media menejment va jurnalistika maktabi

O'zbekiston Jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Deutsche Welle Academie (Germaniya) hamkorligida “Media menejment va jurnalistika maktabi” kursini o'tkazmoqda. Maktabning asosiy maqsadi - tahririyatning moliyaviy barqarorligini oshirish va OAV auditoriyasini kengaytirishga yo'naltirilgan menedjerlar va jurnalistlarni tayyorlashdan iborat.

Qay tarzda media biznes-strategiyasini tuzish, samarali jamoani yaratish va odamlarni qanday boshqarish mavzularida trening bo’lib o’tmoqda. Trenerlar sifatida Markaziy Osiyodagi “Deutsche Welle Akademie”ning loyiha koordinatori Lidiya Ranert, media mutaxassisi Vytaut Rudnik, Denis Vasilkov, Saida Sulaymonova, Lola Islomova kabi mutaxassislar o'z chiqishlarini namoyish etishmoqda. Kurs ishtirokchilari ommaviy axborot vositalari menejmenti va jurnalistikasida sohalarida o'z malakalarini oshirib, o’zlari uchun yangi imkoniyatlarni kashf etmoqdalar!

O’zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining matbuot xizmati

Bo'lishmoq: