22.10.2021 530

“Medialingvistika: nazariya va amaliyot” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Bosma OAV va noshirlik ishi fakulteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi tomonidan 17-noyabr kuni “Medialingvistika: nazariya va amaliyot” mavzusidagi II xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tishi rejalashtirilmoqda. Zoom platformasi orqali tashkil etilishi kutilayotgan ushbu onlayn konferensiya to‘plamiga oʻzbek, qoraqalpoq, rus, ingliz, fransuz, nemis, ispan, ozarbayjon, turk tillaridagi materiallar qabul qilinadi.
Konferensiyada o‘z ma’ruzalari va ilmiy maqolalari bilan ishtirok etishni istovchi tadqiqotchilar, talaba-magistrlar, professor-o’qituvchilarni quyidagi elektron manzilga murojaat etishlarini so‘raymiz: ozbek.tili.2021@gmail.com

Konferensiya haqida batafsil ma’lumot bilan quyidagi ilova orqali tanishishingiz mumkin.

Bo'lishmoq: