Hozirgi kunda «marketing» so’zini hamma joyda eshitayotganimiz sir emas. Marketing mavzusiga ko'plab adabiyotlar, saytlar va maqolalar bag'ishlangan bo'lsa-da, hatto ko'pchilik ishbilarmonlar ushbu tushuncha haqida aniq tasavvurga ega emaslar.
Mediamarketingchi? Uning jamiyatdagi o'rni haqida, afsuski, ko'pchiligimiz bexabarmiz. Aynan shu mavzularga bag'ishlangan rektor bilan talabalarning yuzma-yuz uchrashuvi Jurnalistlika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida bo'lib o'tdi.
Internet barcha taraqqiy etgan davlatlarni birlashtiradi. Online ma'lumot izlamaydigan odamlar juda kam uchraydi. Faqat internetning mavjudligi haqida bilmagan kompaniyalar o'z xabarlarini bunday katta auditoriyaga yetkazishni xohlamaydilar. Xo'sh, bu qanday qilinadi? Buning uchun Internet-marketing mavjud" deydi universitet rektori, Sherzodxon Tojiddinovich.
Hozirgi kunda media marketing tezkor rivojlanmoqda. Ijtimoiy Media Marketing (SMM) — brendni ijtimoiy tarmoqlarda reklama qilish.
Qolaversa, yana bir muhim masala, Media-dizayn haqida suhbat bordi: uning jamiyatdagi o'rni va maqsadlari nimadan iborat ekanligi muhokama qilindi.
Talabalar bilan bo'lgan ochiq muloqot yanada muhitni jonlantirib, talabalarga o'zgacha ruhiyat bag'ishladi. Keyingi uchrashuv va tadbirlar haqida sizni boxabar etib qilamiz! Bizni kuzatishni davom eting!
Muallif: Rushana Aliakbarova
Fotograf: Doniyor Shog'ulomov