05.04.2023 378

“Mening Konstitutsiyam – mening kelajagim!”

Xabaringiz bor, shu kunlarda Respublikamizning barcha hududlarida 30-aprel kuni boʻlib oʻtadigan umumxalq referendumiga oid targʻibot tadbirlari oʻtkazib kelinmoqda.
Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Sirtqi bo‘limi tashabbusiga ko‘ra Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti bilan hamkorlikda universitetimiz faollar zalida “Mening Konstitutsiyam – mening kelajagim!” shiori ostida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy-siyosiy fanlar fakulteti dekani Otabek Yo‘ldashev, Sirtqi bo‘lim boshlig‘i Nuriddin Jabiyev shuningdek, O‘zJOKU sirtqi ta’lim shaklining 2-kursida tahsil olayotgan bir guruh talabalar yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbirda talabalarga yangilanayotgan Konstitutsiyamizda yoshlarning taʼlim olishi, ijtimoiy va tibbiy himoyasi, uy-joyli boʻlishi, bandligi uchun shart-sharoitlar yaratish – davlatning konstitutsiyaviy majburiyati sifatida kiritilayotganligi, mazkur normalar, nafaqat yoshlar manfaati, balki butun jamiyatimiz va mamlakatimizning kelgusi taqdiri uchun muhim ekanligi borasida ma’lumotlar berildi.

Bo'lishmoq: