02.11.2022 279

Michigan davlat universiteti professori bilan seminar-trening bo‘lib o‘tdi

Bugun O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida AQSHning Michigan Davlat universiteti professori Erik Fridman ishtirokida “OAVda salomatlik va ekologiya masalalarini yoritish” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirda amaliyotchi jurnalistlar, tadqiqotchilar va universitet doktorantlari ishtirok etishdi.

“OAVda salomatlik va ekologiya masalalarini yoritish” mavzusidagi seminar-treningning birinchi kuni professori Erik Fridman tomonidan ishtirokchilarga Scopus, Google Scholar va boshqa ma’lumotlar bazalari yordamida yangiliklarga oid tadqiqotlarni topish, tadqiqot maqolalaridagi faktlarni o‘qish va to‘g‘ri talqin qilish mavzularida taqdimot o‘tkazildi. Shuningdek, bugun “Yagona salomatlik yondashuvi: barqaror va sog‘lom kelajak garovidir” va “Ilmiy tadqiqotga asoslangan mavzularni yoritishda asosiy va ikkilamchi manbalardan qanday foydalanish kerak” mavzulari ham muhokama etildi.

Ertaga 3-noyabr kuni ham seminar o‘z faoliyatini davom ettiradi. Trening mavzusiga qiziquvchilarni universitetga taklif etib qolamiz.

Bo'lishmoq: