29.03.2022 407

“Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida respublika mediaforumi bo‘lib o‘tdi

Xabaringiz bor avvalgi haftada respublikamizning barcha hududlarida yashab ijod qiluvchi jurnalistlar uchun “Milliy jurnalistika: an’analar davomiyligi va zamonaviylik” mavzusida respublika mediaforumi bo‘lib o‘tdi.

Forumda ko‘plab taniqli, professional jurnalistlar bilan bir qatorda O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti rektori, professor Sherzodxon Qudratxo‘ja ham ishtirok etib, yosh jurnalistlar va jurnalistikaga qiziquvchi yoshlar uchun “Internet jurnalistikasi: dolzarb masalalar hamda malakali kadrlar muammosi va yechimlar” mavzusida mahorat darsi o‘tdi.

Bo‘lajak jurnalistlar uchun ushbu forumda tashkil etilgan mahorat darslari unutilmas bilim va ko‘nikmalarga boy bo‘lganiga ishonamiz.

Bo'lishmoq: