16.11.2022 1059

“Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligi” ruknida talaba qizlar orasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti Xotin-qizlar masalasi bo‘yicha maslahat kengashi tashabbusi bilan “My sweet home”da “Milliy va zamonaviy raqslar uyg‘unligi” ruknida talaba qizlar orasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi.

Tanlovda qizlar yakka tartibda hamda jamoa shaklida raqsga tushishdi, kuy-qo‘shiqlar xirgoyi qilindi.

Ishtirokchilar o‘rtasida “nafosatli raqs”, “jozibali harakatlar sohibasi”, “dramatik raqs ishtirokchisi” kabi turli nominatsiyalarda g‘olib bo‘lgan talaba qizlar maslahat kengashi tomonidan rag‘batlantirildi.

Bo'lishmoq: